
Nigina Abduraimova yana finalga chiqdi
Tailandning Nontaburi shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi “Fyuchers” turniri Nigina Abduraimova uchun omadli o‘tmoqda.
N.Abduraimova musobaqaning 1/2 final bosqichida xitoylik E Ksin Mani 4:6, 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, tennischimiz turnirning bosh sovrini uchun o‘tadigan bahsda Xitoy taypeyilik Li Peychi bilan o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar