
Nihoyat, “Bavariya”ning orzusi ushaldi
Germaniya grandi “Bavariya” uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng asosiy darvozaboni Manuel Noyerni yangi shartnomaga ko‘ndirdi.
Germaniya terma jamoasi posboni bilan hamkorlik 2023 yilning yozigacha davom etadi. 34 yoshli Noyerning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan edi.
“Bavariya” darvozabonga uch yillik shartnoma va yiliga 12 million evro maosh taklif qilayotgan edi. Bunga ko‘nmagan Noyer esa kamida to‘rt-besh yillik kelishuv va yiliga 20 million evrodan oshiq maosh talab qildi.
Oxiri klub rahbariyatining aytgani bo‘lgan ko‘rinadi.
Fikrlar