Nihoyat, “Liverpul” Muhammad Saloҳ o‘rnini bosadigan o‘yinchi topdi

  • 12.05.2026 15:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” yozgi transferlar oynasi davrida “Monako” hujumkor futbolchisi Magnes Akliushni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida L'Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli fransuz futbolchisi Mersisayd klubini tark etayotgan Muhammad Saloҳning o‘rnini bosa oladigan ijrochi sifatida ko‘rilmoqda. Misrlik hujumchi 2026 yil yozida erkin agent sifatida klubni tark etishini allaqachon ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, “Liverpul”ni “Monako” talab qilayotgan 50 million evrolik summa xavotirga solayotgani yo‘q. Biroq ingliz klubi transfer uchun “Tottenxem” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.  

Akliush 2022 yildan beri “Monako” safida o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi 42 ta uchrashuvda 7 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!