Nihoyat "Siti" "Napoli" bilan til topishdi
"Manchester Siti" va "Napoli" himoyachi Kalidu Kulibalining transferi masalasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” 29 yoshli senegallik futbolchi uchun A Seriya grandiga 75 mln evro to‘lashga tayyor. Katta ehtimol bilan bu “Napoli”ni qanoatlantirishi mumkin.
Kulibali “Napoli” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar