Niko Kovach yana Bundesliga klubini boshqarishi mumkin

  • 28.11.2019 16:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Berlinning "Gerta" klubi yaqindagina “Bavariya”dan iste’foga chiqarilgan Niko Kovachni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilmoqchi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, ayni damda jamoani Yurgen Klinsman boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi esa 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, “Gerta” Kovach uchun begona emas. Boisi, xorvatiyalik mutaxassis 2003-2006 yillarda berlinliklar safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!