Niko Uilyams nega "Atletik"da qolganini tushuntirdi

  • 28.11.2025 01:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Niko Uilyams yozda "Barsa"ning jiddiy qiziqishiga qaramay, nega Bilbaoning "Atletik" klubida qolishni tanlagani haqida gapirdi.

Uning aytishicha, "Atletik" uning hayotida alohida o‘rin tutadi.

"Atletik Bilbao" – men uchun hammasidir. Shu erda inson ham, futbolchi ham sifatida shakllandim. Bu jamoani va bu shaharni himoya qilarkanman, mehnat, kamtarlik va oilaning qadrini chuqurroq angladim. Hammamiz bilamiz, “Atletik” o‘z g‘oyasi bilan o‘ziga xos klub.

Men har doim his-tuyg‘ularimni birinchi o‘ringa qo‘yaman va yuragim nima desa, shuni qilaman. Oilamga qattiq bog‘langanman, menga yaqin insonlarim shu erda, Bilbaoda. Har bir qadamimda ular bilan maslahatlashaman.

Akam (Inyaki Uilyams)ning gaplarini eshitish menga yoqadi — u har doim to‘g‘ri maslahat beradi. Endi esa Chempionlar ligasida birga o‘ynash imkoni – bu orzu", — dedi Niko Uilyams.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!