Nima, nima!? "Chelsi" ikki super iqtidorni qishning o‘zidayoq olib kelmoqchi

  • 31.01.2023 04:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Moyses Kaysedo qishda ham "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. 

"The Guardian" nashri xabariga ko‘ra, "aristokratlar" qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar himoyachi Moyses Kaysedoni sotib olish haqida o‘ylamoqda. "Chelsi" prezidenti Todd Bouli hamon u bilan shartnoma imzolash niyatida. 

Xabarlarga ko‘ra, "Arsenal" ham Kaysedoga da’vogar. Biroq "Brayton" o‘z futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas. Garchi, u ketishni xohlasa ham. 

Qayd etish lozim, "Chelsi" Entso transferi amalga oshsa ham ekvadorlik yarim himoyachini tarkibga olib kelish niyatida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!