Nistelroy ten Xag nega iste’foga chiqarilganini aytdi

  • 1 noyabr, 2024, 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Yunayted»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Rud van Nistelroy hamyurti Erik ten Xagning iste’foga chiqarilishi haqida gapirdi.

Tecno

"Albatta, futbolda hamma narsa natijaga bog‘liq. Erik ham shunday derdi. Mavsum oldidan o‘yinga yangicha yondashuv ustida ishladik, hamma ijobiy fikrda edi va klubni yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qildik. Ba’zida tushuntirib bo‘lmaydigan narsalar sodir bo‘ladi. Aksariyat o‘yinlarda biz yaxshiroq natijaga munosib edik. "Fenerbaxche", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Portu" bilan o‘yinlar haqida gapiryapman. Lekin asosiysi bu natija. Aynan natija ishimizning mohiyatidir”, - dedi van Nistelroy BBC nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag 2022 yilning yozida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. O‘tgan davr ichida mankunianliklar uning boshqaruvida Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!