Nodirbek Abdurazzoqov "Neftchi"ga qarshi o‘yin, joriy mavsumdagi o‘yini va kar’erasi haqida gapirdi

  • 21 oktabr, 09:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va OKMK klubi hujumchisi Nodirbek Abdurazzoqov jamoasi, kar’erasi va "Neftchi"ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

Avvalambor, kechagi o‘yin haqida fikrlaringiz? Zaxirada qoldirilganingixga ham izoh bersangiz?

Avvalambor assalomu alaykum. Garchi gollar kam bo‘lgan bo‘lsa ham, kecha Farg‘onada juda chiroyli, muxlislarbop uchrashuv bo‘ldi. Ikkita yaxshi jamoa, ideal stadion, super atmosferada o‘ynash har doim yoqimli. Biroq g‘alaba qozona olmadik. 

Zaxirada qolganimga kelsak, bu murabbiyni qarori va buni qo‘llab-quvvatlayman. 

"Neftchi  - OKMK bahsidagi hakamlik haqida nima deya olasiz? 

Hammani vijdoniga havola. Chetdan ko‘rgan odamga bilinmasligi mumkin, biroq ko‘p vaziyatlarda hakam raqib foydasiga qaror qabul qildi. Bunga urganib ham qoldik. Saidafzalxonga bo‘lgan qoidabuzarlik uchun qizil kartochka berilmasa, yana qanday vaziyatga qizil berilishi kerak!? 

Mavsum boshida hakamlar bizga kelib seminar o‘tkazgan edi. O‘shanda aytilgan ediki, mana shu vaziyatlarda futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilishi haqida.Uchrashuv oxirlariga kelib, raqib futbolchisi maydon chetiga yaqinda yotgan edi. Hakam unga chiqishi kerakligi aytmadi, hayronman.

Jamoa so‘nggi o‘yinlarda judayam nostabil bo‘lyapti, biroq mavsum OKMK uchun yaxshi boshlangandi. Buni nima bilan bog‘laysiz?

Mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam, ha, mavsumni yaxshi boshlagandik. O‘rtada xatolarimiz ko‘payib ketgani hisobiga o‘ynimizda pasayish kuzatildi. O‘tgan o‘tdi - ketdi. Buyog‘iga qolgan o‘yinlarda maksimal natija qilishga harakat qilamiz. 

Mavsum yakuniga ham oz qoldi. O‘zingizning o‘yiningizdan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi? Mavsum yakunida sizni legioner sifatida ko‘rishimiz mumkinmi?

Hech qachon o‘z o‘yinimdan qoniqmaganman. Bu mavsum hali tugumadi. Yomon ham deya olmayman, hozircha o‘zim kutgan o‘yinimni qila olmadim. Jamoamga maksimal yordam berib, yaxshi natijalar uchun harakat qilamiz. 

Hozircha legioner bo‘lish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Chunki OKMK bilan shartnomam bor. Chempionat tugagach, yangi mavsum haqida o‘ylayman. Hozir bor fokusim OKMKda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!