Nodirbek Abdusattorov barcha yo‘nalishlarda FIDE reytingida TOP-100likda, qolganlarchi?

  • 1 may, 2022, 11:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan har oy boshida e’lon qilinadigan reytingda ayni paytda kuchli 100likdan ikki nafar shaxmatchimiz o‘rin olgan.

Tecno

Jumladan, mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi, rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov o‘tgan oydagi o‘rnidan biroz pastladi, biroq u baribir reytingda peshqadam bo‘lib turibdi.

FIDE reytingi:

80-o‘rin (o‘tgan oydagi o‘rni — 74). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) 2661 ball.

82-o‘rin GM Rustam Qosimjonov (1979-yili tug‘ilgan) 2659 ball.

FIDE 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmat ustalarining reyting o‘rinlarini alohida hisoblab boradi. Eng kuchli 100 nafar yosh shaxmatchi ro‘yxatidan ayni paytda 4 nafar shaxmatchimiz o‘rin olgan:

5-o‘rin GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2661.

12-o‘rin GM Nodirbek Yoqubboev (2002) – 2630.

17-o‘rin GM Javohir Sindorov (2005) – 2609.

28-o‘rin GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.

Rapid yo‘nalishida esa hamyurtlarimizdan faqatgina Nodirbek Abdusattorov kuchli yuzlikdan joy olgan, u 2670 ball bilan 37-o‘rinda qayd etilgan.

Blits yo‘nalishida TOP-100dan 3 nafar shaxmatchimiz joy olgan:

36-o‘rin Rustam Qosimjonov – 2681.

47-o‘rin Nodirbek Abdusattorov – 2663.

49-o‘rin Javohir Sindorov – 2657.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!