Nodirbek Abdusattorov "Freestyle Chess" bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov "Freestyle Chess" bo‘yicha jahon chempionatiga saralab olindi. Musobaqa joriy yilning fevral oyida Germaniyaning Vaysenxaus shahrida bo‘lib o‘tadi.
Jahon chempionatida quyidagi mashhur shaxmatchilar ishtirok etadi:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Levon Aronyan (AQSh)
Fabiano Karuana (AQSh)
Vinsent Kaymer (Germaniya)
Arjun Erigaysi (Hindiston)
Javohir Sindarov (O‘zbekiston)
Hans Nimann (AQSh)
Qayd etish joiz, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarovning ushbu nufuzli musobaqaga yo‘llanma olishi O‘zbekiston shaxmati uchun yana bir katta yutuq sifatida baholanmoqda.
Fikrlar