Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Nodirbek Abdusattorov kuchli to‘rtlikda!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

FIDE CIRCUIT reytingi bilan tanishing!

4 fevral holatiga ko‘ra, 2025 yilgi FIDE CIRCUIT reytingida Ding Liren 40.64 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2-pog‘onada hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa (25.00), uchinchi o‘rinda esa Gukesh D (22.37) joylashgan. Gukesh amaldagi jahon chempioni bo‘lgani uchun, jahon chempionatiga saralashdan o‘tishi shart emas.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 18.42 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, ilk o‘ntalikda Vladimir Fedoseev (15.79), Tay Day Van Nguen (11.27), Aydin Suleymanli (10.08), Ervin L'Ami (8.30), Anish Giri (6.58) va Vey Yi (6.58) kabi kuchli shaxmatchilar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, FIDE CIRCUIT reytingi yil davomida o‘tkaziladigan yirik turnirlar natijalariga ko‘ra tuziladi. Mavsum yakunida eng yuqori ochko jamg‘argan shaxmatchi keyingi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q