Nohaq penalti belgilagan hakam qamoqqa hukm qilindi

  • 01.04.2021 19:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sud serbiyalik futbol hakami Srjan Obradovichni o‘z lavozimini suiiste’mol qilganlik va o‘yin natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatganlikda aybdor, deb topdi. Ushbu qarorga hakamning 2018 yil bahorda belgilagan nohaq penalti sabab bo‘ldi.

Sud Obradovichni 15 oylik qamoq jazosiga hukm qildi va futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan 10 yilga chetlashtirildi.

Bularning barchasi "Spartak" Subotica va "Radnichki" klublari uchrashuvida sodir bo‘ldi. O‘sha o‘yin mezbonlarning 3: 0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va natijada, bu jamoa Evropa ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilayotgan bir paytda hakam “Radnichki” futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligi uchun penalti belgiladi. Biroq, takroriy lavhalardan so‘ng, hech qanday o‘yin qoidasi buzilmagani va hatto bunga yaqin keladigan vaziyat ham sodir bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.

2018 yilning may oyida Obradovich korruptsiyada ayblanib, 30 kunlik qamoqqa olingan edi. Shundan so‘ng, tergov ishlari boshlab yuborildi va yaqinda ushbu ish yuzasidan sobiq hakamga sud hukmi o‘qildi.

Quyida ushbu vaziyatga o‘zingiz baho berishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umarjon G'oyifov
02/04/2021 10:03
Бизи хакамни қилгани иши хеч нарса эмас эканку.