
Nomdor jamoa Eldor Shomurodov bo‘yicha muzokaraga kirishgani bo‘yicha fakt (Foto)
Bugun saytimiz orqali "Yuventus" Eldor Shomurodovga qiziqishda davom etayotgani, hatto hamyurtimizning vakili bilan uchrashuv o‘tkazilgani borasida xabar bergandik.
Ushbu ma’lumotdan so‘ng ba’zi odamlar bunga ishonqiramay qaradi. Biroq bu italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Shiraning ma’lumoti edi. Nikola tvitterdagi sahifasida ko‘plab transferlar qatori hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida ham yozdi.
Uning bildirishicha, bugun kechqurun, ya’ni payshanba kuni “Yuventus” va “Jenoa” vakillari hamda agent Valero Juffrida o‘zaro suhbatlashishgan. Uchrashuvda turinliklar Shomurodov bo‘yicha batafsil ma’lumot so‘ragan.
Nikolo Shira ko‘plab transferlarga oid aniq ma’lumotga ega hisoblanadi. Demak, bu shunchaki qiziqish emas, balki uning davomi ham bordir. Agarda tomonlar kelisha olsa!
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting.
Fikrlar