"Nottingem Forest" himoyachisi "Chelsi" va "Arsenal" nishonida
"Nottingem Forest" himoyachisi Murilloga London klublari qiziqish bildirmoqda.
"Caught Offside" nashri yozishicha, braziliyalik himoyachi xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. "Nottingem" 23 yoshli futbolchi transferidan 80-90 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu narxga London klublari futbolchini sotib olishga tayyor.
Murriloning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroga baholanmoqda. Futbolchining "o‘rmonchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Murrilo joriy mavsum "Nottingem" safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar