"Nottingem Forest" PSJ posboni bilan kelishuvga erishdi

  • 27 yanvar, 2023, 16:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nottingem Forest" klubi PSJ darvozaboni Keylor Navasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Parij klubi hozircha posbonni to‘liq sotib yuborish yoki ijaraga berish masalasini hal qilishi kerak. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining o‘zi Angliya klubi taklifini qabul qilgan. U APLda o‘ynashga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Keylor joriy mavsum Liga 1 da atigi 2 o‘yinda ishtirok etdi va bitta o‘yinni golsiz yakunladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!