
Novak Jokovich "Us open"ni g‘alaba bilan boshladi
Cerbiyalik tennischi Novak Jokovich "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak ushbu bosqichda ispaniyalik Roberto Karbales-Baenni 6:4, 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Jokovich chempionatning ikkinchi bosqichida argentinalik Xuan-Ignasio Londeroga qarshi o‘yin o‘tkazaligan bo‘ldi.
Fikrlar