Noyer: Buni tan olishimiz og‘ir, ammo, natija adolatli bo‘ldi

  • 14.03.2019 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer kecha “Liverpul”dan (1:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Liverpul” haqli g‘alabaga erishdi. Bizga hujumda kuch etishmadi va biz etarlicha xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Buni tan olishimiz og‘ir, ammo natija adolatli bo‘ldi.

O‘yindagi hisob 1:1 bo‘lib turganda bizda g‘alaba qozonish uchun ishonch yuqori edi. Ammo, raqibning standartdan kiritgan goli barchasini barbod qildi”, - deydi Noyer.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya"ning mag‘lubiyatidan so‘ng, keyingi 13 yilda ilk bor EChL chorak finalida birorta ham nemis klubi ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!