Noyer va "Bavariya" nimani kelisha olishmayapti?
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgani haqida oldinroq xabar berib o‘tgan edik.
Bild nashri esa ushbu kelishmovchilik shartnoma muddati bilan bog‘liqligini sabab qilib keltirmoqda. 2021 yil yozida erkin agentga aylanadigan 34 yoshli germaniyalik darvozabon myunxenliklardan uzoq muddatga mo‘ljallangan kelishuv talab qilmoqda. Biroq, "qizillar"ni bu talab qoniqtirmayapti. Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida maosh masalasi ham ochiq turibdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Noyer xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar