Nufuzli nashr Jahon chempionatida ishtirok etuvchi eng kuchli futbolchilar ro‘yxatini tuzdi. O‘zbekistondan kim bor?

  • 3 dekabr, 23:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli "The Athletic" nashri mutaxassislari kelayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida 1,200 dan ziyod ishtirok etuvchi futbolchilar orasidan eng zo‘r 100 tasini saralab, kuchli yuztalik ro‘yxatini shakllantirishdi. 

Tecno

Ushbu ro‘yxatning e’tiborli jihati shundaki, o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasidan faqat bir nafar futbolchi ushbu reytingdan o‘rin olgan. "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan himoyachimiz Abduqodir Husanov Takefuso Kubo, Mateush Kunya, Kauro Mitoma, Gilberto Mora, Din Xausen, Aleksandr Pavlovich, Ugo Ekitike, Rodrigo Goes, Estevao, Nikolas Jekson, Mark Andre ter Shtegen, Pau Kubarsi, Eduardo Kamavinga va Martin Subimendi kabi futbol yulduzlarini ortda qoldirib, ro‘yxatda 86-o‘rinni band etdi.

OFK terma jamoalari a’zolaridan faqatgina Mehdi Taremi (51) va Son Xyon Min (37) Abduqodirdan yuqori pog‘onalardan joy egallashdi. 

Kuchli 10 talikda Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lamin Yamal, Xarri Keyn, Pedri, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Lionel Messi, Kevin de Bryuyne va Janluiji Donnarumma kirishdi. 40 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bor yo‘g‘i 25-o‘ringa qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
04/12/2025 21:26
шуттаям Мессия- хозир Дембеле Билан Хакими ундан точно баландаку
&
Болельщик
04/12/2025 21:24
Хали Ассосийда уйнаса топ-20 киради
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
04/12/2025 11:17
Eldor qani