Nunyesh ochko yo‘qotishga sabab bo‘lgan “Siti”ning kamchiligini aytdi
“Manchester Siti” tarkibida “Nottingem Forest”ga qarshi oʻynagan Mateush Nunyesh durang bilan tugagan uchrashuvda gʻalaba qanday qoʻldan chiqarilganiga izoh berdi.
- “Nottingem Forest” butun jamoa boʻlib oʻz jarima maydonida himoyalandi, shuning uchun darvozaga yoʻl topish juda qiyin boʻldi.
Ammo biz barqarorroq boʻlishimiz kerak, ayniqsa hisobda oldinda borayotgan vaziyatlarda. Bunday oson gollarni oʻtkazib yubormasligimiz kerak.
Eng asosiy talab — boʻshashmaslik, toʻpni ishonch bilan nazorat qilish va raqibni qiyin ahvolga solish. Menimcha, bu safar biz bu vazifani unchalik yaxshi bajara olmadik.
“Nottingem Forest”ning gollari ajoyib edi, ammo biz oʻzimiz ularga boʻsh hudud qoldirdik, - dedi Nunyesh.
Gvardiola jamoasi hali ham turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Fikrlar