Nuri Shahin gol urgan Shomurodov va Fayzullaevning o‘yinini baholadi
Turkiya Superligasining 14-turida bo‘lib o‘tgan "Istanbul Bashakshexir" – "Kasimpasha" (3:1) uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev gol kiritdi. Bellashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Nuri Shahin gol mualliflari haqida fikr bildirdi.
"Shomurodov yaxshi futbolchi bo‘lishi bilan birga, bunchalik kamtar bo‘lishi juda ajoyib. Unda hech qanday yulduzlik alomatlari yo‘q. Nima desak, bajarishga harakat qiladi va juda professional.
Yozda jamoamizga kelib qo‘shilgan Abbosbek Fayzullaev va Amine Harit uchun yangi mamlakatga moslashish oson bo‘lmadi. Fayzullaev hamda Haritning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Shuning uchun bu ikki futbolchi “Bashakshexir”da o‘ynamoqda. Ikkalasi ham biz uchun juda qadrli. Ular har lahzada o‘yin taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar hisoblanadi. Bugun ham g‘alaba qo‘lga kiritishimizda katta hissa qo‘shishdi.
Abbos jarohat olganidan so‘ng uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Qishki tanaffusga kelib, u o‘zining yuqori darajasiga qaytadi", — dedi murabbiy.

Fikrlar