Nursulton Ro‘ziboev: Raqibim o‘zgardi...U avvalgisidan ham tajribali

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni poytaxtimizdagi eng ajoyib "Humo" arenasida GFC 20 yubiley turniri bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator hamyurtlarimiz ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, Nursulton Ro‘ziboev ham ukrainalik Artyom Shokalo bilan to‘qnash keladi. U ushbu raqibi va jang avvalidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Kuni kecha raqibim o‘zgardi. Aslida ukrainalik Vasiliy Novikov bilan jang qilishim kerak edi. U mashg‘ulotlar jarayonida jarohat olganligi sababli, endi yana bir Ukraina vakili Artyom Shokalo bilan jang qilaman. Artyom Vasiliydan ham tajribaliroq sanaladi. U 30 dan oshiq janglarda ishtirok etgan. 26 ta g‘alabani qo‘lga kiritigan. U “parter” va qo‘l-oyoqda ham ajoyib harakat qiladi.
Bo‘y borasida ham deyarli tengmiz. 84 kg vazn toifasida jang olib boramiz. Bir so‘z bilan aytganda barcha jihatdan tenglik yuzaga kelgan. 

Tecno

 Biz ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Niyatimiz barchani xursand qilish. Qolaversa, yurtdoshlarimiz ko‘z o‘ngida, yurtimizda oktagonga chiqamiz. O‘ylamanki, bizga ishonch bildirganlarni ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!