
Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
30 mart kuni "UFC Fight Night 239" turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev (35-8-2-2NC) jahonning eng nufuzli ligasida 2- jangini o‘tkazadi.
U AQSh vakili Sedrik Dyumaga(9-1) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Dyuma Dana Uayt kontender seriyasi orqali UFCga yo‘l olgan va bugunga qadar 3 ta jangda ishtirok etgan. 2 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyatga ega. So‘ngi jangida u Abu Azaytarni mag‘lub etgandi. Ushbu jang o‘rta vazn (83,9 kg) da bo‘lib o‘tadi. Albatta, ushbu muhim jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz!
Fikrlar