Nurxon Qurbonovadan ikkinchi medal. Bu safar kumush!

  • 04.09.2021 07:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Tokiodan xushxabar! Hozirgina para engil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.

Quvonarlisi, medallar uchun kurashda qatnashgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 18.38 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi. Bu natija sportchimizga kumush medalni taqdim etdi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 18 taga etdi: 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza.

Eslatib o‘tamiz, Nurxon Qurbonova bundan avvalroq Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!