Asosiy mazmunga oʻtish

"Nyukasl" Eddi Xauga shart qo'ydi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Eddi rahbariyatning bu shartini qabul qildi

"Nyukasl" rahbariyati  jamoa bosh murabbiyi Eddi Xauga qatʼiy ultimatum qoʻydi. Bu haqida "Independent" nashri maʼlum qildi.

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, angliyalik mutaxassis jamoani YEChLga olib chiqishi shart. Agar "qarğalar" APL turnir jadvalidа YEChL zonasiga kira olmasa, rahbariyat murabbiyni ishdan boʻshatadi. Eddi rahbariyatning bu shartini qabul qildi va unga rozi boʻlgan.

Maʼlumot uchun, "Nyukasl" hozirda APL turnir jadvalidа 26 ta uchrashuvida 36 ochko jamgʻargan holda 10- oʻrinni egalab turibdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q