“Nyukasl” 150 million evroga vunderkindni olyapti

  • 29 oktabr, 2021, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl”ning yangi rahbariyati jamoa muxlislarini Evropaning eng iste’dodli futbolchilaridan birini olib kelish bilan xursand qilmoqchi.

Sport Bild nashrining xabar berishicha, premer-liga klubi “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virtts transferi uchun 150 million evro to‘lashga rozilik bergan.

Florian Virtts yosh bo‘lishiga qaramay, joriy mavsumda Bundesliganing eng foydali o‘yinchilari o‘nligidan joy olgan. Chempionat o‘yinlarida sakkizta uchrashuvda to‘rtta gol urgan Florian jamoa etakchilaridan biri hisoblanadi.

Bu futbolchiga “Nyukasl”dan tashqari “Manchester Siti” va “Bavariya”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!