"Nyukasl" afsonasi Isak va uning agentini tanqid qildi

  • 21 avgust, 15:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futboli afsonasi Alan Shirer "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni tanqid qildi. Avvalroq, shvetsiyalik futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida klubni jamoadan ketish haqidagi va’dalarini buzganlikda ayblagan edi.

Tecno

"Xudoyim, uning agenti vaziyatni chigallashtirib tashladi. Isakning o‘rnida bo‘lganimda, agentni xonaga chaqirib, darhol ishdan bo‘shatgan bo‘lardim. Aynan u Aleksni sotib olish huquqisiz olti yillik shartnoma bilan ta’minladi. Bu shunchaki kulgili. Futbolda birovning gapiga ishonish befoyda. "O, menga mavsum oxirida ketishim mumkinligini aytishdi", deyishmi? Rostdanmi? Qo‘ying", - dedi Shirer Betfair’ga.

Kuni kecha, "Liverpul" keyingi hafta Isak transferi bo‘yicha yangi taklif yuborishi haqida xabar qilgan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!