“Nyukasl” besh murabbiydan qay birini tanlaydi?

  • 13 oktabr, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” rahbariyati Angliya premer-ligasi autsayderini yuqori maqsadlar uchun kurashadigan jamoaga aylantira oladigan murabbiy qidirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, hozircha ulaning ro‘yxatida besh nafar mutaxassisning nomi qayd etilgan. “Nyukasl” yangi jamoani shakllantirish mas’uliyatini Stiven Jerrard, Lyusen Favr, Grem Potter, Brendan Rojers va Paulu Fonseka kabi mutaxassislardan biriga topshirmoqchi.

Avvalroq, italiyalik mashhur murabbiy Antonio Konte ularning taklifini qabul qilmagan edi.

Yangi tayinlanadigan bosh murabbiy zimmasiga birinchi navbatda, tarkibni raqobatbardosh futbolchilar bilan to‘ldirish, jamoani muvaffaqiyatlar sari etaklaydigan o‘yin uslubini shakllantirish kabi vazifalar yuklanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!