"Nyukasl" hali ham Sheshko uchun kurashda peshqadam, ammo MYu vaziyatni o‘zgartirishi mumkin

  • 3 avgust, 02:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi Benyamin Sheshko transferi bo‘yicha hali ham etakchi hisoblanadi, biroq vaziyat yaqin vaqt ichida o‘zgarishi ehtimoli bor. Avvalroq xabar qilinganidek, klub ham, "RB Leyptsig" ham futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishgan va "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirgandi.

Tecno

Biroq jurnalist Aleks Krukning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "Nyukasl" murabbiylar shtabi va rahbariyati sloveniyalik futbolchining hali ham "qizil iblislar"ga o‘tishni istashidan xavotirga tushmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Sheshko MYuning munosib taklifini kutmoqda va qaror qabul qilishni shoshmayapti.

"Nyukasl" 22 yoshli forvard uchun 80 million evrodan ortiq to‘lashga rozi bo‘lgan. Ammo "Manchester Yunayted" hozircha bu darajadagi transfer talabini qondirishga qaror qilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!