"Nyukasl" yozda yana bir super transferni amalga oshirmoqchi

  • 10 may, 2020, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli gollandiyalik futbolchiini shaxsan “qarg‘alar”ning bo‘lajak xo‘jayini hisoblangan Saudiya shahzodasi tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. APL klubi vakillari ushbu transfer masalasini muhokama qilish uchun allaqachon futbolchining agenti bilan aloqaga chiqishgan.

Ta’kidlash kerakki, van de Bek uchun "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus"dan ham qiziqishlar bor. U joriy mavsum “Ayaks” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 44 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!