“Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi

  • 23 oktabr, 2021, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tganidan keyin “Nyukasl”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutimoqda. Klub rahbariyati anchadan beri jamoaga yangi bosh murabbiy qidirayotgan edi. Antonio Konte, Joze Mourino, Zinedin Zidan kabi mutaxassislar bu jamoani qabul qilishni istamadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “qarg‘alar” ishsiz yurgan Frenk Lempard bilan ham uzoq muzokaralashgan. Angliyalik yosh mutaxassis ham “Nyukasl” taklifini rad etdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka “qarg‘alar” bilan ishlashga rozilik bergan. Tez orada klub u bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda Ishsiz yurgan

Fonsekaning o‘zi ham “Nyukasl”da ishlash istagini bildirgan edi. Agar shartnoma imzolansa, portugaliyalik murabbiy yiliga 6 million evro miqdorida maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!