Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zbekiston futbolchilari o‘yini qanday ballga loyiq ko‘rildi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi, eng yaxshi o‘yinchi sifatida Ronalduni tan oldi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ikkinchi tur doirasidagi Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng har ikki jamoa futbolchilariga qo‘yilgan baholar e’lon qilindi. Flashscore platformasi taqdim etgan ushbu reytinglar haqida Sports.uz xabar beradi.

Flashscore baholariga ko‘ra, Portugaliyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasining eng faol o‘yinchisi jamoa sardori Eldor Shomurodov bo‘ldi. Maydonni 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatda tark etganiga qaramay, u 6,8 ball oldi — bu o‘zbekistonlik futbolchilar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Ikkinchi eng yaxshi bahoni Abduqodir Husanov oldi — 6,4 ball. Uchinchi o‘rinda 6,2 ball bilan Abbosbek Fayzullaev qayd etildi. 

Shuningdek, 6 va undan yuqori ball to‘plagan futbolchilar quyidagilar: Behruzjon Karimov (6,1), Sherzod Nasrullaev (6,0), Azizjon G‘aniev (6,0), Odiljon Hamrobekov (6,0). 

Shu bilan birga, Flashscore versiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng past baholangan o‘yinchisi darvozabon Abduvohid Ne’matov bo‘ldi — 5,4 ball. U Portugaliya darvozasiga kiritilgan beshta golga javob qaytarolmadi, to‘rtinchi gol esa burchak zarbasidan so‘ng aynan uning hisobiga avtogol sifatida yozildi.

Pastroq baholar Otabek Shukurov (5,6), Abdulla Abdullaev (5,6) va Rustam Ashurmatovga (5,9) tegishli bo‘ldi.

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu tan olindi. U dubly qayd etib, 8,8 ball to‘pladi. Uning jamoadoshlari orasidan ham bir qator futbolchilar yuqori baholarga sazovor bo‘ldi: Vitin’ya — 8,6, Brunu Fernandesh — 8,3 va Nunu Mendes — 8,3 ball.

Ikki turdan so‘ng Portugaliya 4 ochko jamg‘ardi. Ular hisobida Kongo Demokratik Respublikasi bilan durangdan so‘ng 1 ochko bor. O‘zbekiston terma jamoasi hozircha ochko ololgani yo‘q.

Guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari 28 iyun kuni o‘tkaziladi. O‘zbekiston o‘shu kuni Kongo futbolchilariga qarshi o‘ynaydi, Portugaliya esa Kolumbiya bilan kuch sinashadi. Har ikki o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 04:30 da start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q