O'zbekiston Portugaliyani yutishi mumkin, Ronalduning raqibning eng katta muammosi!

  • 22.06.2026 13:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullaev jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya termasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘z vaqtida Yevropa futbolida tanilgan o‘zbekistonlik charm to‘p ustasining ta’kidlashicha, hozirgi terma jamoada portugalialiklarni yengish imkoniyati bor. 

- O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyati bor. Men ijobiy fikrlashni istayman. O‘yin boshlanmasidan oldin taslim bo‘lish mumkin emas, – ded Ilyos Zeytullaev. 

Bundan tashqari, Zeytullaev jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduning mundialdagi ishtiroki bo‘yicha ham gapirdi. Ayni paytda mutaxassislarning aksariyati 41 yoshli yulduzning terma jamoadagi o‘rni va ahamiyatini keng muhokama qilmoqda. 

Ayrim ekspertlar Ronalduning jismoniy imkoniyatlari avvalgidek emasligini va uning tarkibda to‘liq o‘ynayotgan yosh o‘yinchilarga halaqit qilayotganini ta’kidlamoqda. 

Ba’zilar esa. Krishtianu boy tajribasi va to‘purarlik mahorati bilan terma jamoa uchun o‘ta zarur figura ekanini aytmoqda. 

Ilyos Zeytullaev ham Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasiga ta’siri haqida o‘z pozitsiyasini bildirib o‘tdi. 

- Krishtianuning nomi o‘ziyoq jamoaga kuchli ta’sir qiladi. Buni o‘yinchining o‘zi ham anglashi kerak. Lekin Ronalduning 90 daqiqa davomida maydonda qolishi – Portugaliya terma jamoasining eng katta muammosi, – dedi Ilyos Zeytullaev Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.

Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi kutilmaganda Kongo Demokratik Respublikasi  futbolchilari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, mundialdagi ilk o‘yinida Kolumbiyaga 1:3 hisobida yutqazdi. Roberto Martines shogirdlarining Fabio Kannavaro jamoasiga qarshi o‘yini 23 iyun kuni AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!