O'zbekistonlik jahon chempioni AQShga ko'chib o'tdi

  • 27.08.2026 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi bokschilaridan biri, yosh iste’dod Javohir Ummataliyev hozirda AQShda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda  Boxing Media nashri. 

Britaniyada joylashgan sport saytining instagram sahifasida e’lon qilingan videoda o‘zbekistonlik yosh bokschi Amerika sport zallaridan birida jismoniy holatini faol ravishda yaxshilayotgani va navbatdagi janglarga puxta hozirlik ko‘rayotgani aks etgan.

«Havaskor boks yulduzi Javohir Ummataliyev hozirda AQShda mashg‘ulot olib bormoqda», — deya ta’kidlanadi nashr izohida.

21 yoshli Ummataliyev 2025 yilda World Boxing jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, Xitoyda o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Ushbu turnir finalida u Qozog‘istonlik Sabirjan Akkaliqov ustidan bahsli hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Javohir shu paytgacha professional ringda ham o‘zini namoyish etishga ulgirdi. 2025 yil 28 noyabr kuni Chelyabinsk shahrida (Rossiya) u ozarbayjonlik Rohim Alievni mag‘lub etdi. Ikkinchi jangini esa 9 may kuni Manchesterda (Angliya) o‘tkazib, «Co-Op Live Arena» majmuasida polyak Damian Drabikni nokautga uchratdi. O‘zbekistonlik bokschi buning oldidan Britaniyaning mashhur promouterlik kompaniyasi Queensberry Promotions bilan, uning rahbari taniqli Frenk Uorren bilan shartnoma imzolagan edi.

AQShga yo‘l olishidan avval Ummataliyev Toshkentda yashab, O‘zbekiston boks terma jamoasi tarkibida mashg‘ulotlar olib borgan. U yerda u mamlakatning taniqli mutaxassisi Akmal Hasanov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!