OAV "Inter"ning yangi logotipi qanday bo‘lishidan xabar topdi (FOTO)

  • 10 fevral, 2021, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya ommaviy axborot vositalari “Inter” klubining yangi logotipi qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra, “neradzurrilar”ning yangi logotipi dumaloq shaklda, ko‘k fonda oq harflar bilan yozilgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq klub rahbariyati bahorda rebrending o‘tkazmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Unda nafaqat klub logotipi, balki nomini ham o‘zgartirish rejalashtirilgani aytilgan edi.

Rahbariyat "Inter"ning rasmiy nomi hisoblangan "Football Club Internazionale Milano" nomini "Inter Milano"ga o‘zgartirmoqchi va shu bilan klub va shahar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirmoqchi. Yangi logotip ham aynan I va M harflari asosida tayyorlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!