
Obameyang "Real"ning "qotili"mi?!
"Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Real"ga qarshi o‘yinlarda gol urishni yaxshi ko‘radi.
Kecha gabonlik yulduz La Liganing 29-turi doirasida “el-klasiko”da dubl qayd etdi. Umuman olganda, hujumchi ketma-ket beshinchi o‘yinda "qaymoqranglilar" darvozasini ishg‘ol qildi. U ushbu bahslarda 6 ta gol urdi.
Opta statistik portali xabariga ko‘ra, Obameyang XXI asrda "Real"ga qarshi o‘yinda bunday natijaga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar