
Obi Mikel: Mourino Salohni yo‘q qilgan
"Chelsi" sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel Joze Mourinoning Muhammad Saloh bilan bo‘lgan munosabati haqida gapirdi:
"Mourino bir safar tanaffus paytida Saloh bilan bahslashgandi. O‘shanda Saloh yig‘lab yuborgan. Biz Joze uni maydonga qaytaradi, deb o‘ylagandik. Biroq u Salohni yo‘q qildi. Hozir Muhammadning mentaliteti boshqacha".
Qayd etish lozim, misrlik futbolchi 2013 hamda 2015 yillar oralig‘ida "aristokratlar" safida to‘p tepgan.
Fikrlar