OChL 2. "Al-Ahli" - "Andijon" o‘yinini iroqlik hakamlar boshqarishadi
OChL 2 musobaqasining “V” guruhi, 6-tur doirasidagi “Al-Ahli (Qatar) - “Andijon” (O‘zbekiston) o‘rtasidagi o‘yinni iroqlik hakamlar brigadasi boshqaradi.
Unga ko‘ra, bosh hakam vazifasini Zaid Tamer Muhammad bajaradi. 35 yoshli hakam joriy yilgi mavsumda Iroq yulduzlar ligasida 6 ta, OChL Elit (“Al-Sadd” - “Sharja” - 1:1) va OChL 2 da (“Tampines Rovers” - “Poxan” - 1:0) 1 tadan o‘yinlarni boshqargan. Shuningdek, U23 Osiyo Kubogi saralashida ham 1 ta o‘yinda hakamlik qildi.
Bosh hakam: Zaid Tamer Muhammad (Iroq)
Yordamchi hakamlar: Xaydar Abdulxassan Ali Ulbaydi, Amir Dovud Xusseyn Alvindavi (ikkisi ham Iroq)
Zaxira hakami: Axmad Kadim Gatea Ristam (Iroq)
Nazoratchi: Xidoyat Mombeni (Eron)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)
Eslatib o‘tamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.



Fikrlar