OChL-2. "An-Nasr" raqibini yanchib tashladi. Ronaldudan assist

  • 24.12.2025 23:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Osiyo Chempionlar ligasi-2ning 6-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "Al-Zavra" bilan kuch sinashib, 5:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Uchrashuvning ilk golini Kingsli Koman 12-daqiqada kiritdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Uesli Gassova farqni ikkitaga etkazdi. Al-Amri 29-daqiqada hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 44-daqiqada Krishtianu Ronalduning uzatmasidan so‘ng Joau Feliks hisobni yanada yiriklashishga sababchi bo‘ldi. 
 
Ikkinchi bo‘lim avvalida mehmon jamoa futbolchisi Ibragim Gbadamosi saudiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirgan edi, lekin 56-daqiqada Koman dublni rasmiylashtirgan holda, o‘yindagi so‘nggi golni kiritdi.

  • Osiyo - AFC Champions League Two
  • Guruh bosqichi
2506.png

An Nasr

  • João Félix 44'
  • Kingsley Coman 12'
  • Wesley 19'
  • Abdulelah Al-Amri 29'
  • Kingsley Coman 56'
Tugadi
5 : 1

24.12.2025 21:00

7367.png

Al Zawra'a

  • Ibrahim Tomiwa 50'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!