OChL 2. "Andijon" pley-offga chiqa oladimi?
Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida "Andijon" mehmonda "Al-Xaldiya" bilan nursiz durangga imzo chekdi.
Klub ketma-ket 4 ta uchrashuvdan beri durang qayd etmoqda. Hozircha jamoa 4 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
"B" guruhida "Al-Ahli" 7 ochko bilan peshqadam bo‘lsa, "Al-Xaldiya" 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Turkmanistonning "Arkadag" klubi 3 ochko jamg‘argan va oxirgi pog‘onada joylashgan.
Ma’lumot uchun, Maksim Shatskix shogirdlarini keyingi turlarda "Al-Ahli" va "Arkadag"ga qarshi bellashuvlar kutib turibdi. "Burgutlar" ushbu bahslarda g‘alaba qozonsa, guruhdan chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Fikrlar