
OChL-2020: “Paxtakor” joylashgan guruhda 2-turdan keyingi vaziyat qanday?
Xabaringiz bor, kecha OChL-2020 “V” guruhida 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Paxtakor” Toshkentda “Shahr Xodro” jamoasini yirik 3:0 hisobida taslim etdi.
Aziz G‘aniev to‘p tepayotgan “Shabab Al Ahli” esa o‘z uyida amaldagi chempion “Al Hilol” darvozasiga birinchi bo‘lib gol urishiga qaramay, keyinchalik mag‘lubiyatga uchradi – 1:2.
Ushbu kvartetda 2-turdan so‘ng to‘plar farqiga ko‘ra “Paxtakor” peshqadamlik qilyapti. Saudiyaliklar esa shuncha ochko jamg‘argan bo‘lishsa-da, Arveladze shogirdlaridan bitta kam gol urganligi bois ikkinchi pog‘onani band etishgan. “Shabab Al Ahli” va “Shahr Xodro” ikki mag‘lubiyat evaziga turnir jadvalining quyi qismida bormoqda.
2-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:
№ |
Jamoalar |
O‘ |
G‘ |
D |
M |
O |
1 |
Paxtakor |
2 |
2 |
0 |
0 |
6 |
2 |
Al Hilol |
2 |
2 |
0 |
0 |
6 |
3 |
Shabab Al Ahli |
2 |
0 |
0 |
2 |
0 |
4 |
Shahr Xodro |
2 |
0 |
0 |
2 |
0 |
3-tur, 3 mart
"Al Hilol" - "Paxtakor"
"Shabab Al Ahli" - "Shahr Xodro"
Fikrlar