OChL 2024/25 yilgi mavsumida O‘zbekistonga nechta kvota kafolatlangan? - Alisher Nikimbaevdan javob

  • 1 iyul, 2022, 18:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" OFK kubogi guruh bosqich 3-turida "Oltin Asr" bilan kuch sinashdi va 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Tecno

Shu tariqa, jizzaxliklar guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlab, mintaqaviy finalga yo‘l oldi. 

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida Ulug‘bek Baqoev shogirdlarining ushbu muvaffaqiyati kvotalarga ijobiy ta’sir qilgani haqida yozdi.

«So‘g‘diyona»ning g‘alabasi O‘zbekistonga 2024/25 yilgi mavsumda OChLda (agar turnir formati o‘zgartirilmasa) 3+1 kvotasiga ega bo‘lishini kafolatlaydi, hatto Eronning «Fulad» jamoasi Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa ham.

Quyida OFKning yangilangan reytingi bilan tanishing:

photo_2022-07-01_02-02-30

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!