OChL. Ahmedov penaltini aniq amalga oshirdi, "Shanxay SIPG" chorak finalda

Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasi safarda Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.

Xitoyda o‘tgan dastlabki bellashuvda ham 1:1 hisobi qayd etilgani bois, g‘olibni aniqlash uchun ekstra taym va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa omad shanxayliklarga kulib boqdi - 5:3.

Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 120 daqiqa maydonda faol harakatlanib, penaltilar seriyasida 11 metrlik "nuqta"dan aniq zarba yo‘llab, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dima1991yil
27/06/2019 17:34
Odil Ahmedovga omad!!!!!
АС МИЛАН
27/06/2019 03:52
Яша Одил Наманган ўғлони
&
★xodillo★
26/06/2019 20:48
O.Axmedov xal qiluvchi golni uribtilar debman

Lekin 120.min uyin o'ynaganlariga qoyil
Улуғбек Шарипов
26/06/2019 17:51
Олга одил
Улуғбек Шарипов
26/06/2019 17:51
Олга одил