
OChL. "Navbahor" joylashgan guruhdagi yakuniy holat bilan tanishing!
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosich 6-turidan o‘rin olgan "Mumbay Siti" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 16-daqiqada El Hayati O‘tkir Yusupov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘l topgan bo‘lsa, 29-daqiqada Jamshid Iskanderov jarimadan super zarba yo‘llab, uchrashuvda muvozanatni tikladi. Bo‘lim so‘ngida Jokich burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq tepib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Navbahor" 13 ochko bilan eng yaxshi 2-o‘rin sohibi sifatida nimchorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar