OChL. O‘z goli bilan jamoasiga durang taqdim etgan G‘anievning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

  • 08.04.2022 05:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich birinchi turidan o‘rin olgan "Ahal" - "Shabab Al-Ahli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Mezbonlar tarkibida Bashimov 75-daqiqada gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib legionerimiz Azizjon G‘aniev penaltidan unumli foydalangan holda, muvozanatni tikladi. 

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "SofaScore" portali legionerimizni 7.5 ballga loyiq ko‘rdi. G‘aniev ushbu uchrashuvda jamoasining eng yaxshi ikkinchi futbolchisi bo‘ldi. 

7.5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!