OChL. "Patxum Yunayted" o‘z maydonida engildi, Sergeev 46-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turi doirasida "Patxum Yunayted" va "Johor Darul" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda malayziyaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
"Patxum Yunayted" safida legionerimiz Igor Sergeev 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Afsuski, futbolchimiz ushbu o‘yinda samarali harakat amalga oshirmadi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda "Patxum" guruhda ochko to‘plamagan holda so‘nggi pog‘onani band etgan.



Fikrlar