
OChL saralashida ishtirok etadigan AGMK Turkiyaga jo‘nab ketdi
Yangi mavsumda xalqaro maydonda ishtirok etadigan AGMK jamoasi bo‘lajak musobaqalarda munosib taraddud ko‘rish maqsadida, hal qiluvchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.
Toshkentda 7 yanvar kuni to‘plangan va 1 oy davomida Do‘rmondagi qarorgohda shug‘ullangan olmaliqliklar yig‘in doirasida uchta nazorat bellashuvi ("Surxon" 2:0, "Buxoro" 2:2, "Turon" 1:1) o‘tkazdi va unda 1 g‘alaba, 2 durang qayd etdi.
Bugun ertalab, soat 10:00 da jamoa delegatsiyasi Toshkent-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab charter reysda parvoz qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ikki hafta (12-27 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida to‘rtta nazorat o‘yinini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Antaliyadagi yig‘inga ishtirok etadigan delegatsiya tarkibi 39 nafar futbolchi/murabbiylar shtabi/rahbariyatdan iborat.
Yig‘inga darvozabon Botirali Ergashev va hujumkor yarim himoyachi Husniddin G‘ofurov O‘zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig‘inidan keyin qo‘shiladi.
AGMK Antaliyada "Royal Seginus Hotel" mehmonxonasiga joylashadi va bugundan kunning ikkinchi yarmidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
Antaliya yig‘iniga yo‘l olgan tarkib ro‘yxati quyidagicha:
Darvozabonlar:
Botirali Ergashev*
Valijon Rahimov
Suhrob Sultonov
Himoyachilar:
Mirg‘iyos Sulaymonov
Dilshod Ahmadaliev
Abbos Otaxonov
Bobur Yo‘ldoshev
Sardor Rahmonov
Akrom Komilov
Sheroz Jalolov
Yarim himoyachilar:
Yovan Jokich
Dilshod Jo‘raev
Mirjamol Qosimov
Jasur Umarov
Sanjar Tursunov
Sanjar Shoahmedov
Shohruh Gadoev
Husniddin G‘ofurov*
Murod Toshmatov
Bunyod Turg‘unboev
Sarvar Ablaev
Hujumchilar:
Aleksandr Kasyan
Zafar Polvonov
Kamron Abdulhamidov
Fikrlar