
OChL. Shukurov bugun ham amaldagi chempionga gol ura oladimi?
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida 5-turning 4 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi.
22:15 da start oladigan uchrashuvlardan birida "Nasaf" maydonga tushsa, boshqasida legionerimiz Muhammad Isaev harakat qilayotgan "Istiqlol" klubi Qatarning "Al-Rayyan"i bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Shuningdek, Otabek Shukurov boshchiligidagi "Sharja" amaldagi chempion "Al-Hilol" sinovidan o‘tadi. Bahs bizning vaqt bilan 01:15 da boshlanadi. Tomonlarning dastlabki davradagi qarama-qarshiligida saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan va legionerimizning goli jamoasiga yordam bera olmagandi.
Fikrlar