OChLda mukofot pullari tasdiqlandi. G‘olib jamoa 4 mln AQSh dollari oladi. Qolganlarchi?

  • 08.02.2020 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor Osiyoda futbol mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi esa qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Osiyo Chempionlar ligasining bu yilgi mukofot jamg‘armasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra musobaqa g‘olibi 4 mln AQSh dollari, finalchi esa 2 mln AQSh dollari miqdoridagi mukofot pullariga ega bo‘ladi.

Yarim finalchilar esa 250 ming, chorak final ishtirokchilari esa 150 ming AQSh dollaridan mukofotlanishadi.

OChLda guruhdan chiqishni uddalagan jamoalarga esa 100 ming dollar beriladi.

Musobaqaning guruh bosqichida qo‘lga kiritilgan har bir g‘alaba uchun 50 ming, durang uchun esa 10 ming AQSh dollari mukofot qilib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum Osiyo chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini faqatgina "Paxtakor" klubi himoya qiladi. "Sherlar" o‘zlarining ilk uchrashuvlarini 10 fevral kuni Toshkentda BAAning "Shabab Al-Ahli" klubiga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!